"Dahbed City Hotel & Hostel" (Mehmonxona va Qo’noq uyi) 2026-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Samarqand shahridan 12 km uzoqlikda, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Dahbed shaharchasi, A. Temur kochasi, 41-uy manzilida Imom al-Buxoriy majmuasiga olib boruvchi asosiy yo’lning birinchi qatorida joylashgan.
Imom al-Buxoriy majmuasi nafaqat ushbu hudud, balki butun Islom olamining eng muhim ziyorat va madaniy-ma’rifiy maskanlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, mehmonxonamiz mashhur Maxdumi A’zam ziyoratgohi yo’nalishida ham juda qulay joylashgan.
Har ikki ziyorotgohga avtomobilda borish uchun atigi 5-7 daqiqa vaqt talab etiladi. Bunday joylashuv Samarqand va uning atrofidagi ziyoratgoh, hamda diqqatga sazovor joylarga tashrif buyuruvchi ziyoratchilar, turistik guruhlar va yakka tartibdagi sayohatchilar uchun qulay.
Barcha xonalar zamonaviy sayohatchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda jihozlangan.
Xodimlarimiz esa har qanday muammoni hal qilishda yordam berishga doim tayyor.
Biz sharqona mehmondo‘stlikning iliq muhiti, yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish hamda turistlar va ishbilarmon mehmonlar uchun zarur bo‘lgan barcha qulayliklarni taklif etamiz.
XIZMATLAR